Har qanday murakkablikdagi tijorat va turar-joy obyektlari uchun arxitektura loyihasiga buyurtma bering

Birinchi 10 mijoz qatorida 30% chegirmaga ega bo'ling

Iltimos, menejerimiz siz bilan bog’lanishi uchun quyidagi shaklni to’ldiring

Все данные конфиденцальны

Chegirma va bepul taklifdan imkon borligida foydalanib qoling

Arxitektor nima uchun kerak?

Yangi uy qurayotganda arxitektor xizmatidan foydalanmagan, yoki ularga murojaat qilib hafsalasi pir bo'lgan insonlar arxitektorlarni – tushunarsiz rasm chizib, boshqalarga foydasi tegmaydigan kishilar deb bilishadi. Nega foydasi tegmaydigan? Chunki bu rasmlar juda chiroyli, lekin ularning ichida yashab bo’lmaydi.

Arxitektor xizmatidan foydalanib, «baraka topgan» mijozlar esa yangi turar joy kompleksi ular orzu qilgandek qurilgani, arxitektor ularning xohishlarini o’zidan ham yaxshiroq tushunganini ta’kidlashadi.

Siz ham ko’p qavatli turar-joy majmuasi qurish uchun yer uchastkasi sotib oldingiz. Biroq yangi uy loyihasini tuzish, baholash hamda kerakli tashkilotlardan ruxsat olish ishlari cho’zilgani tufayli ishingiz to’xtab qoldi…

Siz murojaat qilishni istagan Arxitektura va loyihalash tashkilotlari kerak-kerak bo’lmagan xizmatlarni qo’shib, yuqori narx chiqarib berishdi…

Hafsalangiz pir bo’ldi

Demak sizga, arxitektura, dizayn va baholash ishlarini vijdonan bajarib, ishingizni yengillashtirib beradigan professional arxitektorlar juda zarur. Bunday topilmas xodimlarni qayerdan topsa bo’ladi?

Biz sizga kerakmiz

«SURUR DESIGN» kompaniyasi arxitektura va qurilish sohasida 15 yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.

Biz sizni hujjatlar bilan bog'liq muammolardan xalos qilamiz

Xizmatlarimizdan foydalanish orqali Siz ortiqcha ovoragarchilik, vaqt yo’qotish va kerakli mutaxassislarni yollash majburiyatidan xalos bo’lasiz.

Har qanday murakkablikdagi yangi ko’p qavatli turar-joy majmualari, sanoat binolarini hujjatlashtirish jarayoni, loyihasi, konstruktsiyasi, interyer, eksteryer, landshaft, animatsiya, ekspertizasini Biz o’zimiz, sizning ishtirokingizsiz, qisqa vaqt ichida tayyorlab beramiz!

Jamoamizda mavjud:

  • Arxitektorlar

  • Dizayner

  • Injener-konstruktorlar

  • Topograf

  • Injener

  • Texnik nazoratchi

  • Yurist

  • Kotiblar

Biz xizmatlarimiz uchun bozor narxidan ancha arzon narx belgilaganmiz.

Smetadan ortiqcha xizmatlar chiqarib tashlanib, faqat sizga zarur xizmatlar ko’rsatiladi.

Bizda baholash xizmati oliy darajada tashkil qilingan.

Biz nima qilamiz:

  • binolar va inshootlarni texnik ko'rikdan o'tkazish

  • har qanday murakkablikning ichki va tashqi dizayni

  • inter’yer uchun 3D-dizayn

  • qurilishda mualliflik huquqini nazorat qilish (so'rov bo'yicha)

  • loyiha-smeta hujjatlarini tekshirish

  • arxitektura rejalashtirish • rekonstruktsiya loyihalari

Siz nimaga ega bo’lasiz:

  • Qurilish ekspertizasi

  • Topografiya

  • Rejalashtirishning barcha turi

  • To’liq xizmat + har bosqichda hujjat ishlari

  • Qurilish bosqichlarini texnik nazorat qilish va baholash

    (so'rov bo'yicha)

  • Yuqori tajriba

  • Interyer va eksteryer dizayni

Mijozlar biz haqimizda:

Shavkat

32 yosh

Manga bu kompaniyani ishi rossa yoqdi. Dakumentlarimni aytilgan vaqtga tayyorlab berishdi. Ortiqqcha qiynalmastan srazu ishni boshlavordim. Man bilan bir voxtda ish boshlagan o’rtoqlarim haliyam dakumentlarini ko’tarib yugurib yurishibdi. Ulagayam «Surur Design»ni maslahat berdim. Mani loyihaam bo’yicha ishlagan arxitektorlaga kotta rahmat! Kelajakda qurilish bosqichini nazorat qilishniyam ularga ishonib topshirmoqchiman.

Jamshid

45 yosh

Arxitektorlarning ishi menga juda yoqdi. Ular o'lchov qilib, hamma narsani eng kichik detallarigacha hisoblab chiqishdi. Biz bilan tengma-teng ishlashdi. Ko’p qavatli uyni birinchi marta qurayotganim uchun isshni nimaadan boshlasshni bilmadim. Yaxshiyam «Surur design» bor ekan. Boshidan oxirigacha tushuntirib berishdi. Yaqinda hamma hujjatlarimizni tasdiqdan o’tkazib, qurilisshni boshladik! Bizga kompaniya chegirma ham qilib berdi. Katta rahmat, hammaga maslahat beraman!

Yoqubjon

38 yosh

Men tanishlarimning tavsiyasi bilan bu kompaniyani topdim. Hovli qurmoqchiydim. Arxitektorga darhol buyurtma berdim. Ish boshlanganida, ularni tanlab adashmaganligimni anglab yetdim. Hammasi tez va aniq ishlab chiqildi. Yarim yilsiz qurilish boshlolmasam kerak, deb o’ylagandim. 2 oyda loyiham tasdiqdan o’tdi. Chunki dokumentlar juda aniqlikda, hatto mm.igacha. hisoblab tuzib chiqilgan. Men kelajakda yana ularning yordamidan foydalanmoqchiman.

Siz bizga to’g’ri kelmaysiz, agar…

  • Qog’ozbozlik ishlarini yaxshi ko’rsangiz va hujjatlar ortidan yugurish asabingizga tegmasa

  • Professional arxitektor xizmati uchun haq to’lashni ortiqcha xarajat deb hisoblasangiz

  • Arxitekturadan xabaringiz bo’lsa va yangi qurayotgan uyingiz uchun allaqachon reja va loyiha tuzib qo’ygan bo’lsangiz

Ko'p qavatli uylar loyihasi

Ko’p qavatli uy loyihasi juda mas’uliyatli va qiyin ish bo’lib, uni faqat davlat litsenziyasi, sertifikat va tasdig’iga ega bo’lgan professional dizayn kompaniyalariga ishonib topshirish mumkin.

Biz arxitektura va dizayn borasidagi barcha muammolaringizni yechishga qodirmiz.

Buyurtmachi bilan kelishilganidan so’ng standartlarga mos kelishini aniqlash maqsadida loyiha natijalari davlat ekspertizasiga topshiriladi.

Bularning barchasi tajribali mutaxassislarimiz tomonidan bor-yo’g’i 2 oy ichida tayyorlab beriladi.

Biz quyidagi ob'ektlar uchun xizmat ko’rsatamiz:

  • Ko’p qavatli turar-joylar

  • Fabrika va ustaxonalar

  • Omborxonalar

  • Kottejlar

  • Issiqxonalar

  • Ofislar

  • Magazinlar

  • Avtoustaxonalar

  • Masjidlar

Tasavvur qiling…

Siz o’zingizni ortiqcha ovoragarchilik va asabbuzarliklardan asrash uchun professional arxitektura va loyihalash kompaniyasiga murojaat qildingiz.

Ular hamyonbop narx evaziga hujjatlashtiringizni tasdiqdan o’tkazib ishlarini qo’lingizdan olib, 2 oy ichida barcha kerakli ruxsatnomalarni olib berishdi.

Bundan tashqari, so'rovingiz bo'yicha ular qurilishning texnik nazoratini ham o'z zimmalariga oladilar. Barcha reja va g‘oyalaringiz loyihada o‘z aksini topdi va hayotga tatbiq etildi.

Endi Siz ortiqcha muammolarga chalg’imasdan, bor e’tiboringizni qurilishga qaratishingiz mumkin.

Agar mijoz qidirishga harakat boshlasangiz ham hujjat va chizmalaringiz joyida bo’lgani uchun xaridorlar ishonchini bemalol qozona olasiz.

Bizga ishonishadi:

Mijozlarimiz orasida «JAHON INVEST PLAST», «ELMA» zavodi, «TOYBOLA» kompaniyasi, «MAK PLAST», «BEK BARAKA QURILISH», «NURLI DIYOR AGRO», «IDEAL COLOR», «CHOKOCREAM» SAVDO BELGISI kabi yirik kompaniyalar mavjud.

Biz kafolat beramiz!

Arxitektura loyihasiga buyurtma bergan birinchi 10 nafar mijozga 30% chegirma va BEPUL professional maslahat beriladi!

Mukammal loyihalar bilan - mukammal binolar sari!

© 2023 Surur Design | All Rights Reserved.

This site is not a part of the Facebook website or Facebook Inc. Additionally, This site is NOT endorsed by Facebook in any way. FACEBOOK is a trademark of FACEBOOK, Inc.